<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Erta ochsang gar koʻzing
 Ayta olsang bir soʻzing
 Hali tuzatmay oʻzing
 Xudoga shukur aytgin!

[V2]
 Shoshma! Qolmas yumushing
 Oʻtmay qolmas turmushing
 Yursa, yurmasa ishing
 Xudoga shukur aytgin!

[V3]
 Eʼtirof et Xudoni
 Qil har ishda duoni
 Qoʻyib yolgʻon dunyoni

[V4]
 Xudoga shukur aytgin!
 Olma inson &quot;betidan&quot;
 Quvma pulning ketidan
 Shod boʻl suyak-etidan
 Xudoga shukur aytgin!

[V5]
 Seni suysa, suymasa
 Sendan mehr tuymasa.
 Tutsa &quot;zahar&quot; bir kosa
 Xudoga shukur aytgin!

[V6]
 Puling koʻp sen boymisan
 Osmondagi oymisan
 Yo qurigan soymisan
 Xudoga shukur aytgin!

[V7]
 Umr oʻtkinchi bir xas
 Senga hech vafo qilmas
 Yaxshilik qil, gar bilmas
 Xudoga shukur aytgin!

[V8]
 Ogʻir botmasin soʻzim
 Masihda ikki koʻzim
 Shohmi, gado boʻlma kim
 Xudoga shukur aytgin!

[V9]
 Ravshan yozib charchama
 Singan dillarni yama
 Qilmayin asla taʼna
 Xudoga shukur aytgin!</lyrics>
<title>Xudoga shukur</title>
<author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
</song>